Давлат иштирокидаги корхоналар эълонлари

← Рўйхатга қайтиш
Эълон санаси 26.01.2026

1-ўринбосар лавозимига танлов

Эълон матни

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati quyidagi

lavozimga tanlov e’lon qiladi:

Moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari.

Nomzodlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: Respublika vazirlik va idoralarning malakali xodimlari, jamiyatning rahbar xodimlari, shuningdek, moliya sohasida kerakli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan, korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish tajribasiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar, shu jumladan xorijiy menejerlar.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Oliy ma’lumot;

Davlat tashkilotlarida, xo‘jalik jamiyatlarida rahbar lavozimlarda kamida 3 yil ish staji.

Tanlovda ishtirok etish uchun da’vogar Jamiyatga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

Jamiyat Kuzatuv kengashi raisi nomiga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza (aloqa ma’lumotlari va taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda);

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar;

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi, shuningdek qo‘shimcha ta’lim hujjatlari nusxalari;

Taqdim etilgan shakldagi to‘ldirilgan nomzod anketasi.

Quyidagi shaxslar nomzod bo‘la olmaydi:

Oliy ma’lumoti bo‘lmaganlar;

Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik jamiyatlarida rahbar lavozimda kamida uch yillik ish tajribasi bo‘lmaganlar;

Yuridik shaxsning litsenziyasi faoliyati to‘xtatilgan paytda ushbu shaxslar aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilgan bo‘lsa, shunday to‘xtatilganidan keyin uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, yagona ijro etuvchi organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ta’sischisi bo‘lgan shaxslar;

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi ochirilmagan shaxslar;

Sud hukmi bilan muayyan huquqdan mahrum qilingan, ya’ni sud tomonidan belgilangan muddat davomida korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda ma’lum lavozimlarni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlangan shaxslar;

Yuridik shaxs bankrot deb topilgan paytda yagona ijro etuvchi organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan va bankrot deb topilganidan keyin uch yil o‘tmagan shaxslar;

Jamiyat Kuzatuv kengashining boshqa a’zosi bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar.

Tanlov hujjatlarini taqdim etish muddati 10 kun, 2026-yil 26-yanvardan
5-fevralgacha (shu kunlar bilan birga).

Hujjatlarni ko‘rib chiqish sanasi: 2026-yil 6-fevral.

Hujjatlar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Usmon Nosir ko‘chasi 6, 531-xona (kadrlar bo‘limi).

Ma’lumot uchun aloqa: tel: 71-233-52-63 Veb-sayt: www.tashbus.uz, elektron pochta: info@tashbus.uz

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbar lavozimlarga tanlov tashkil etish va o‘tkazish Reglamentiga ilova

NOMZOD ANKETASI

NomzodF.I.Sh.:______________________________________________________

№ Baholanadigan mezonlari Mezoniga mos kelish uchun maksimal ball Nomzodning bali
I. MA'LUMOTI
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurti bakalavr diplomi mavjudligi 5
2. Davlatboshqaruviakademiyasi, Bank-moliyaakademiyasiyokiaxborottexnologiyalariuniversitetimagistrdiplomimavjudligi 5
3. Transport yoki iqtisodiyot sohasida (shu jumladan xorijda) oliy ma’lumot magistr diplomi mavjudligi 10
4. Iqtisodiyfanlardoktori, yuridikfanlardoktori, texnikafanlaridoktoriilmiydarajasimavjudligi 10
5. Qo‘shimcha oliy ma’lumot diplomi (ikkinchi, uchinchi) mavjudligi 5
I bo‘lim bo‘yicha jami: 35 dan ____
II. ISH TAJRIBASI
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan rahbar lavozimlarda ish tajribasi
1 (bir) yilgacha 5
1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha 6
3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha 7
5 (besh) yildan ortiq 8
7. Davlattashkilotlarida, davlatulushiborxo‘jalikjamiyatlaridama’muriy-boshqaruvxodimlarilavozimlaridaishtajribasi (6-banddagidavrdantashqari). Ijobiy tavsiyanoma xatlari bo‘lsa +2 ball
1 (bir) yilgacha 3 (+2)
1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha 4 (+2)
3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha 5 (+2)
5 (besh) yildan ortiq 6 (+2)
8. Xorijiymamlakatlardarahbarlavozimlarda (kamida 1 yil) yokixorijiyyurisdiktsiyalardamasalalarhalqilishtajribasi. Ijobiy tavsiyanoma xatlari bo‘lsa +1 ball
1 (bir) yilgacha 3 (+1)
1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha 4 (+1)
3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha 5 (+1)
5 (besh) yildan ortiq 6 (+1)
9. Boshqatashkilotlardarahbarlavozimlardaishtajribasi (rahbar, o‘rinbosar, boshbuxgalter, yuridikxizmatrahbari, vakolatxona/filialrahbari)
1 (bir) yilgacha 3
1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha 4
3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha 5
5 (besh) yildan ortiq 6
10. Boshqatashkilotlardarahbarlavozimlardaishtajribasi (rahbar, o‘rinbosar, boshbuxgalter, yuridikxizmatrahbari, vakolatxona/filialrahbari)
1 (bir) yilgacha 2
1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha 3
3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha 4
5 (besh) yildan ortiq 5
11. Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi
1 (bir) yilgacha 2
1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha 3
5 (besh) yildan ortiq 4
12. Davlat nazorat organi xodimi, sudya, Qonunchilik palatasi yoki Senat deputati sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi 5
II bo‘lim bo‘yicha jami: 40 dan ___
III. QO‘SHIMCHA MEZONLAR
13. Chet tilini mukammal bilishi (diplom yoki sertifikat bilan tasdiqlangan), har bir qo‘shimcha til uchun 5 ball, maksimal 15 10
14. Xalqaro sertifikatlar mavjudligi (CFA, CPA, ACCA, ACA, CIMA, EMC, FRM) 10
15. Kompyuter va dasturiy ta’minotdan (1C, Microsoft Office va boshq.) foydalanish bilimi 5
III bo‘lim bo‘yicha jami: 25 dan ____