Ру Ўз O'z En

Hududiy boshqarmalar

Toshkent viloyati

  • 111500, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko'chasi, 45-uy
  • toshvil@davaktiv.uz
  • Dushanba - Juma, 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-sonli Farmoni hamda 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-sonli qarori asosida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilgan. Agentlik va hududiy boshqarmalarning nizomi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 404-sonli qarori ilovasiga asosan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining asosiy vazifalari:

  • Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish;
  • Davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish;
  • O‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;
  • Ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish;
  • Ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;
  • Davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish);
  • Ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini ta’minlash;
  • Investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish;
  • Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish hamda, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

 Ish kunlari va manzillar:

Ish kunlari: Dushanba - Juma

Ish vaqti: 09:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Manzili: 111500, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko'chasi, 45-uy

E-mail:toshvil@davaktiv.uz

Ye-xat manzili:toshvil-gkk@exat.uz

                          

Murojaat uchun telefon raqamlari:

Davlat aktivlarini boshqarish bo‘limi: 

Davlat aktivlarini xususiy mulkga berish bo‘limi: 

Investitsiya majburiyatlarini bajarilishi monitoringi bo‘limi: 

Davlat korxonalari va ulushlari xisobini yuritish sho‘basi: 

Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘limi: 

Bankrotlik masalalari bo‘limi: 

Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha: 

Faoliyat yo‘nalishining natijalari infografik ko‘rinishida

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech