Ру Ўз O'z En

Ilmiy tadbirlar

Tadqiqotlar markazi respublika ilmiy-tadqiqot institutlari ichida kuchli 10 talikdan joy oldi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish Markazi “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali va “UzReportTV” axborot agentligi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Science and Innovation Awards” tanlovining “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” nominatsiyasiga nomzod sifatida ishtirok etib, tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ariza topshirgan respublikadagi 80 ta ilmiy-tadqiqot institutlari ichida kuchli 10 talikdan joy oldi.

2024 yil 21 dekabrda Turkiston sanʼat saroyida bo‘lib o‘tgan “Olimlar bayrami”da “Science and Innovation Awards-2024” taqdirlash marosimida Markaz “Yilning eng yaxshi ilmiy-tadqiqot instituti” tanlovining finalisti sifatida respublikaning eng kuchli 10 ta ilmiy-tadqiqot institutlari qatorida joy olganligi uchun diplom bilan taqdirlandi.

8588 Chop etish