Ру Ўз O'z En

Huquqiy himoya va imtiyozlar

Me’yoriy-huquqiy xujjatlar

  • 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
  • 01.08.2018 yildagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
  • 11.04.2005 yildagi PF-3594-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
  • 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
  • 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonli “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
  • O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi

Huquqlar va kafolatlar

Huquq va kafolatlarning tarkibi

Qonun xujjati

1

Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;
  • oshkoralik va ochiqlik;
  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
  • adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’ektlarining tengligi;
  • investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi.
  • O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
  • o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
  • investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig‘imlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to‘lovlar deb yuritiladi) to‘langanidan so‘ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
  • o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
  • o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
  • kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga;
  • davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
  • birja, tanlov va tender savdolarining, elektron do‘konlarning va kim oshdi savdolarining ishtirokchisi bo‘lishga;
  • investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishga;
  • agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘zining investor oldidagi majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
    • chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud ko‘paytirish uchun boshlang‘ich va qo‘shimcha summalar;
    • investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
    • yetkazilgan zararlarning o‘rnini ushbu Qonunga muvofiq qoplash sifatida olingan mablag‘lar;
    • shartnomalar shartlarini bajarish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlar;
    • chet el investitsiyalarini to‘liq yoki qisman sotishdan tushgan tushum;
    • nizoni hal qilish oqibatida, shu jumladan har qanday sud yoki arbitraj qarori oqibatida yuzaga keladigan to‘lovlar;
    • xodimlarning ish haqi va boshqa to‘lovlari;
    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag‘lar.
  • repatriatsiya tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki investorning chet elga o‘tkaziladigan daromadlari (foydasi) miqdorini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablar joriy etilganda, bundan investorning mablag‘larini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to‘lovga layoqatsiz va bankrot bo‘lgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs bo‘lgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda qonun hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qo‘llash shartlari asosida to‘xtatib turish mustasno;
  • investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlariga son jihatdan cheklovlar va investitsiyalarning miqdori bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini ko‘paytirish tarzidagi qo‘shimcha talablar joriy etilganda;
  • chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi korxonalarining ustav fondlaridagi ulushli ishtiroki bo‘yicha cheklovlar joriy etilganda;
  • chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tartib-taomillar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablar joriy etilganda.
    • korxona tashkil etilganda — u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran;
    • mol-mulkni, ulushlarni, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan emitentlangan aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga, turar joylarga va ular joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (jumladan, ijara asosida egalik qilish va foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olishda — mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
    • intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni, shu jumladan mualliflik huquqlarini, patentlarni, tovar belgilarini, foydali modellarni, sanoat namunalarini, firma nomlarini va nou-xauni, shuningdek ishchanlik obro‘sini (gudvillni) kiritishda — intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
    • konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirishga, o‘zlashtirishga, qazib olishga yoxud ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olishda — konsessiya shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran;
    • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida bir vaqtning o‘zida investitsiya majburiyatlarini mustahkamlab qo‘ygan holda investitsiya qilishda — shartnoma kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
    • O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda investitsiya qilishda — investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran.
    • investorlarning ushbu modda uchinchi qismida ko‘rsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa;
    • kamsitilmaydigan asosda amalga oshirilsa;
    • yetkazilgan zararga monand kompensatsiya to‘lash bilan birga amalga oshirilsa. Davlat mazkur kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishining kafili sifatida ish yuritadi.
    • rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi;
    • rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori;
    • rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash;
    • to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining muvofiqligi;
    • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chog‘ida rioya etgan tartib-taomil.

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi

2

Investor:

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi

3

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi

4

         Davlat investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

         Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub’ektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin.

         Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

         Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog‘liq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.

         Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik sub’ektining hamta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta’sischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.

         Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq qonun hujjatlarini qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi

5

         Investitsiya faoliyati sub’ektining investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlari soliqlar va to‘lovlar to‘langanidan keyin uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki ulardan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin.

         Chet el va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishni davlat organlari tomonidan cheklash yoxud ularni majburan yechib olish faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi

6

Investorlarga soliqlar va to‘lovlarni to‘lash sharti bilan chet el valyutasidagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin o‘tkazish, shu jumladan valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi. Bunday o‘tkazmalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

         O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat chet ellik investorning mablag‘larini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to‘lovga layoqatsiz va bankrot bo‘lgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs bo‘lgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda qonun hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qo‘llash shartlari asosida to‘xtatib turishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi

7

         Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish huquqiga ega.

         Chet ellik investor investitsiya faoliyatini tugatgandan so‘ng investitsiya faoliyatini tugatish natijasida olingan o‘z aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi

8

         Agar qonun hujjatlarining bajarilishi investorga yoki investitsiyalarga zarar yetkazadigan bo‘lsa, ushbu qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.

         Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan e’tiboran o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Investor o‘zining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonun hujjatlari qoidalarini o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llash huquqiga ega.

         O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirgan taqdirda, investitsiya qilish paytida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarini o‘n yil mobaynida qo‘llash to‘g‘risidagi kafolat quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

         Investor uchun noqulay o‘zgarishlarga qarshi kafolatlarning amal qilishi quyidagi hollarda boshlanadi:

         Ushbu modda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi

9

         Hammaning e’tibori uchun rasmiy ravishda e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirmagan hujjatlar sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, ushbu hujjatlardagi ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun investitsiya faoliyati sub’ektlariga nisbatan biror-bir sanksiya qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.

         Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan o‘z rasmiy veb-saytida investitsiya faoliyati sohasida o‘zining ishtiroki va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishi shart.

         Jismoniy va yuridik shaxslarga ochiqlik hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya faoliyati sohasidagi faoliyati to‘g‘risida va o‘zlari qabul qilayotgan qarorlar to‘g‘risidagi axborotdan moneliksiz foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi

10

         Davlat investitsiyalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi.

         Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.

         Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hollar mustasno.

         Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi:

         Investor sud va arbitraj tartibida, xususan, quyidagilar yuzasidan nizolashishga haqli:

        Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi

11

         Investitsiyalarni himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari va choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratishni, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan davlat monitoringi o‘tkazilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalariga asosan boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi

12

         To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

         To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.

         Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.

         To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 471-moddasi

IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasiga muvofiq:

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;
  • Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish;
  • Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.
  • Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:
  • Investitsiyalar hajmiga;
  • Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;
  • Kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga;
  • Investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.

Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan preferensiyalar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal ob’ektlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin.

Imtiyozlar va preferensiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonun hujjatlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq:

Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi, jumladan:

  • ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
  • chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
  • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;
  • mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlar olib borish uchun mo‘ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojxona hududidan olib chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo‘lgan mahsulotga;
  • bojxona hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi bojxona bojlarini to‘lash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilinadi;
  • xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo‘llashga haqlidirlar;
  • qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
  • vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi;
  • investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy kompaniyalar ishchilari uchun viza tartibini soddalashtirish (kirish va ko‘p martalik vizalarni 12 oy muddatga rasmiylashtirish)
  • xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat budjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoniyatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli Farmoniga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yildagi PF-3594-sonliFarmoniga muvofiq:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalarga quyidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiya hajmlarida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonliFarmoniga muvofiq:

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchi davlat mulki ob’ektlarining sotib oluvchilari — tashkilotlar oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab 12 oy muddatga yangi sotib olinayotgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, bo‘shagan mablag‘lar xususiylashtirilgan ob’ektlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi.

56618 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech