Ру Ўз O'z En

Imtiyozlar

Imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari

Normativ hujjat raqami va sanasi

Normativ hujjat havolasi

I. Davlat aktivlarini  xususiylashtirish jarayonlarida beriladigan
imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari

Sotib olingan davlat aktivlari qiymatiga chegirma qoʻllash:

1.

Davlat aktivi xaridorining chegirmani berish to'g'risidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq, sotib olish to'lovlarni 1oy ichida to'liq amalga oshirilsa Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi;

PQ-2200
03.07.2014y.

https://www.lex.uz/docs/2420491

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlaridan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha toʻlovlar 3 oy ichida toʻliq qoplab berilsa shartnoma qiymatining 25 foizi miqdorida chegirma beriladi;

PQ-264
30.05.2022y.

PQ-89
28.02.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6039685

 

https://www.lex.uz/docs/6820396

Sotib olingan davlat aktivlari xarid qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash:

3.

Sotib olish toʻlovlarining qiymati (bazaviy hisoblash miqdori)ga qarab 3 oydan 3 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash;

OʻRQ-907
14.02.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6800515

4.

Mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatish uchun sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha xarid qiymatidan qatʼiy nazar 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash;

PF-9
12.01.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6759637

5.

Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha xarid qiymatidan qatʼiy nazar 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash;

PF-287
30.12.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6333225

6.

Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkor tomonidan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha xarid qiymatidan qatʼiy nazar 7 yilga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash;

PQ-39
23.01.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6773342

7.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning aktivlari sotib olinganda, xarid qiymatidan qatʼiy nazar 5 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash; 

PQ-329
12.06.2023y.

https://www.lex.uz/docs/6631602

8.

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga yaratiladigan yangi ish oʻrinlaridan kelib chiqib 3 yildan 5 yilgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash;

PF-93
12.06.2023y.

https://www.lex.uz/docs/6493069

Sotib olingan davlat aktivlarni garov sifatida taqdim etish:

9.

Sotib olingan davlat aktivi xarid qiymatining dastlabki toʻlovi 35 foizdan koʻp boʻlgan holatda davlat aktivi kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyish huquqi beriladi;

OʻRQ-907
14.02.2024y.

VMQ-420
01.08.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6800515

 

https://www.lex.uz/docs/6138161

Sotib olingan davlat aktivlarni qoʻshimcha foizlarsiz boʻlib toʻlash:

10.

Sotib olingan davlat aktivlari xarid qiymati boʻyicha dastlabki toʻlovi 35 foizdan koʻp boʻlgan holatda qoʻshimcha foizlarsiz boʻlib toʻlash;

OʻRQ-907
14.02.2024y.

PQ-168
18.03.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6800515

  

https://www.lex.uz/docs/5918980

11.

Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan sotib olingan davlat aktivlari hamda 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkor tomonidan sotib olingan aktivlar boʻyicha dastlabki toʻlovi qiymatidan qatʼiy nazar;

PQ-39
23.01.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6773342

Zakalat pulining 50 foizini toʼlab savdolarda ishtirok etish:

12.

Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan “E-auksion” savdo platformasida savdoga chiqarilgan davlat aktivlari boʻyicha zakalat miqdorining 50 foizini toʻlab savdolarda ishtirok etish huquqi beriladi;

PF-287
30.12.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6333225

Davlat aktivlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish:

13.

2024-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olinganiga kamida 5 yil boʻlgan davlat mulki obyektini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilgan va ijara toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab kelingan hamda ushbu obyekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda ularga ushbu davlat mulki obyektini baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasini tuzish;

PQ-162
19.04.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6898706

 

II. Yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlarida beriladigan
        imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari

Sotib olingan yer uchastkalari qiymatiga chegirma qoʻllash:

1.

Toʻlovlar 15 ish kunida toʻliq amalga oshirilganida shartnoma qiymatining 20 foizi miqdorida chegirma beriladi;

 

*Boshlangʻich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari bundan mustasno.

PF-135
06.09.2024y.

https://www.lex.uz/docs/7096177

Sotib olingan yer uchastkalari xarid qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash:

2.

Sotib olingan yer uchastkasi boʻyicha 15 ish kunida  dastlabki toʻlov 35 foizdan kam boʻlmagan qiymatda amalga oshirilganida qolgan summaga Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda 3 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash;

*Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridagi yer uchastkalariga ham tatbiq etiladi.

PF-135
06.09.2024y.

https://www.lex.uz/docs/7096177

3.

Sotib olingan yer uchastkasi boʻyicha 15 ish kunida  dastlabki toʻlov 15 foizdan kam boʻlmagan qiymatda amalga oshirilganida qolgan summaga Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash;

*Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridagi yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

PF-135
06.09.2024y.

https://www.lex.uz/docs/7096177

4.

Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan sotib olingan yer uchastkalari boʻyicha 15 ish kunida  dastlabki toʻlov 15 foizdan kam boʻlmagan qiymatda amalga oshirilganida qolgan summaga Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda 10 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash;

PF-135
06.09.2024y.

https://www.lex.uz/docs/7096177

Zakalat puli 50 foizga chegirilgan holda savdolarda ishtirok etish:

5.

Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan “E-auksion” savdo platformasidan yer uchastkalari boʼyicha zakalat miqdorining 50 foizini toʼlab savdolarda ishtirok etish huquqi beriladi;

PF-287
30.12.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6333225

 

III. Davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarida beriladigan
            imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari

Ijara toʻlovi miqdorini 50 foiz miqdorida belgilash:

1.

Kasanachilarni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

PQ-70
23.02.2023y.

https://lex.uz/docs/6389635

2.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarni ishga jalb qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi;

PQ-376
21.09.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6202958

3.

Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga jalb qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi;

PF-6208
20.04.2021y.

https://www.lex.uz/docs/5382151

4.

Alohida toifadagi (nogironligi mavjud yoki xodimlari tarkibining koʻproq qismini nogironlar tashkil etuvchi) tadbirkorlik subyektlari uchun ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi;

PQ-3782
11.06.2018y.

https://www.lex.uz/docs/3778017

5.

Moddiy-madaniy meros obyektlarida investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga olgan subyektlarga ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi;

VMQ-53
06.03.2014y.

https://www.lex.uz/docs/2352891

6.

Yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib (sovrindor) boʻlgan sportchilar tashkil etgan nodavlat sport-taʼlim muassasasi va sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun ijara toʻlovlari 50 foiz miqdorida etib belgilangan;

 

*2024-yil 1-yanvardan2026-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

PQ-302
01.07.2022y.

PQ-92
19.01.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6091681 

 

https://www.lex.uz/docs/5831865

Ijara toʻlovi miqdorini 90 foiz miqdorida belgilash:

7.

Mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylar reyestriga kirgan hududlardagi xotin-qizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 90 foiz miqdorida belgilanadi;

PQ-70
23.02.2023y.

https://lex.uz/docs/6389635

Tekinga foydalanish imkoniyati bilan:

8.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlari hamda IT-park filiallarining davlat koʻchmas mulk obyektlaridan 1 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi;

PQ-87
26.02.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6816000

9.

Xususiy oʻquv markazlari tashkil etish uchun boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekt-laridan tekinga foydalanish huquqi beriladi;

PQ-239
27.06.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6986619

10.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi osh-xona maydoni autsorsing usulida tashkil etilganida obyektdan tekinga foydalanish huquqi beriladi;

VMQ-626
25.07.2019y.

https://www.lex.uz/docs/4441105

11.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki obyektlaridan 5 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi;

VMQ-834
16.10.2017y.

https://www.lex.uz/docs/3382157

12.

Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Koni-mex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan davlat mulki obyektlaridan tekinga foydalanish huquqi beriladi;

PQ-3301
29.09.2017y.

https://www.lex.uz/docs/3362726

13.

Ishlab chiqarish sohasida faoliyat uritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar boʻlganida, mazkur davlat mulki obyektidan 5 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi;

PQ-376
21.09.2022y.

https://www.lex.uz/docs/6202958

14.

Ishlab chiqarish sohasida faoliyat uritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlgan-da, davlat mulki obyektidan 5 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi;

PF-6208
20.04.2021y.

https://www.lex.uz/docs/5382151

Toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish:

15.

IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur ishtirokchilari bilan oʻrtacha ijara haqi miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi;

PQ-87
26.02.2024y.

https://www.lex.uz/docs/6816000

6400 Chop etish