Ру Ўз O'z En

Bankrotlik yo‘nalishlari

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi vakolat va vazifalari:

  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini to‘lovga qobiliyatsiz, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;

  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;

  • sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;

  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;

  • sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;

  • to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;

  • qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Murojaat qilish huquqi:

Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.

Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.

Qarzdor soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari ega bo‘ladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari:

vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi;

doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.

Qo‘llaniladigan tartib-taomillar:

Qarzdor yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:

  • Kuzatuv;

  • Sud sanatsiyasi;

  • Tashqi boshqaruv;

  • Tugatishga doir ish yuritish.

Qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:

qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish;

bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.

Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuning 161-moddasiga asosan, qarzdor va kreditorlar sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimini tuzishga haqli.

Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur:

  • Oliy maʼlumotli bo‘lishi;

  • Kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi;

  • Agentlikda attestatsiyadan o‘tishi.

  • Sud boshqaruvchilikka talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘qitiladi, malakasi oshiriladi va belgilangan tartibda guvohnoma va (yoki) sertifikat beriladi.

Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasi:

Attestatsiya komissiyasi talabgorlarni attestatsiyadan va sud boshqaruvchilarini qayta attestatsiyadan o‘tkazadigan kollegial organ hisoblanad

Talabgor attestat olish uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan maxsus dastur bo‘yicha va muddatlarda test imtihoni topshiradi.

Imtihon kompyuter dasturidan foydalangan holda, talabgori tanlagan tilda ellikta test savollariga javob berish shaklida o‘tkaziladi va javoblar uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi.

30843 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech