Ру Ўз O'z En

Hududiy boshqarmalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  • 230100, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar, A.Timur ko‘chasi 112a-uy
  • qqr@davaktiv.uz
  • Dushanba - Juma, 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-sonli Farmoni hamda 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilgan bo‘lib, Agentlik va hududiy boshqarmalarning nizomi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 404-son qarori ilovasiga asosan tasdiqlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat aktivlari boshqarmasining asosiy vazifalari:

  • Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish;
  • O‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;
  • Ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish;
  • Ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirishdan, Davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini ta’minlash;
  • Investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish;
  • Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iboratdir.

 Ish kunlari va manzillar:

Ish kunlari: Dushanba - Juma

Ish vaqti: 09:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar, A.Timur ko‘chasi 112a-uy

E-mail:qqr@davaktiv.uz

Ye-xat manzili: qr_davaktiv@exat.uz

Телеграм: https://t.me/QR_DAVAKTIV

              

Murojaat uchun telefon rakamlar:

(61)-222-02-87

(61)-222-30-03

Faoliyat natijalari infografikada keltirilgan

  

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech