Qadrli yurtdoshlar!
Davaktiv agentligi jamoasi Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi.
Muhtaram Prezidentimizning "Ona tilimiz – milliy ma'naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir", - degan fikrlari tilimizni e'zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizga mas'uliyat yuklaydi. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir.
O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!