Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) “Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ (keyingi oʻrinlarda – Aktiv)dagi 94,9 foiz davlat ulushinining ochiq savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qiladi.
“Abrau Capital” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) ushbu xususiylashtirish jarayonini ilgʻor xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha konsultanti sifatida tanlov asosida jalb qilingan.
Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
“Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ — loyihalash faoliyati bilan shugʻullanadi, jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini, fermer xoʻjaliklari infratuzilmasini, uy-joy va ijtimoiy-maishiy soha obyektlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.
- Ustav fondi: 182,7 mln soʻm;
- STIR - 207084147.
Sotish jarayoni toʻgʻrisida:
Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi oʻrinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq boʻlgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi.
Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) hamda Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) taqdim etish bosqichlari.
Sotuv jarayonining Sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of Interest) bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisida:
Ishtirokchilardan quyidagi maʼlumotlar bilan Aktiv boʻyicha sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizani (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:
1. Talabgor jismoniy shaxs boʻlganda: pasport/ID karta nusʼhasi, Aktivni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2. Talabgor yuridik shaxs boʻlganda:
- korxona/firma toʻgʻrisida maʼlumotlar, shu jumladan taʼsis hujjatlari (ustav)va faoliyat guvohnomasi nusʼhasi, STIR maʼlumoti;
- taʼsischisi/ishtirokchisi, aksiyadori bir nafardan koʻp boʻlgan hollarda 5 foizdan ortiq ulushi mavjud taʼsischi/ishtirokchi/aksiyadorining ulushini koʻrsatgan holda ularning har biri hamda yakuniy benefitsiari toʻgʻrisida maʼlumot;
- oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti nusʼhasi (tashkil topganiga 3 yildan kam boʻlgan hollarda, tashkil topgan davrdan boshlab faoliyati davridagi moliyaviy hisoboti nusʼhasi).
Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini xohishlariga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab 2024-yil 5-dekabr soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar almo@abraucapital.com elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.
Ushbu savdo bosqichi doirasida, Konsultant tomonidan potensial investorlarni jalb qilish maqsadida investitsion tizerlarni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.
Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:
- Aktivni sotib olish uchun moliyaviy resurslarining yetarliligi;
- davlat ishtirokidagi korxona boʻlmasligi (ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyati, shuningdek davlat unitar korxonasi);
- xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishini taʼqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
- Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga rioya etilishi;
- Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.
Ushbu loyiha doirasida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:
- Olimjon Alimov, “Abrau Capital” kompaniyasi direktori: almo@abraucapital.com, +998(97) 783-75-27;
- Talat Samandarov, Davaktiv agentligi Boshqarma boshligʻi: tender@davaktiv.uz, +998(71) 259-20-67.
Oʻz navbatida, Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) bosqichiga oʻtgan talabgorlar bilan majburiyatga ega boʻlgan takliflarni taqdim etishlaridan avval taklif etiladigan qatʼiy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli toʻlov sifatida amalga oshirilishi, shu bilan birga talabgorlarga Aktivning faoliyatini kamida 5 yil saqlab qolish shartlari belgilanadi.
Sotish jarayonining barcha bosqichlarining natijalari boʻyicha Davaktiv agentligining rasmiy sahifalarida axborot berib boriladi va Konsultant tomonidan jarayonda ishtirok etgan talabgorlarning har biriga tegishli jarayon xati (Process Letter) orqali individual ravishda xabardor qilinadi.
Diskleymer:
Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi va “Abrau Capital” kompaniyasining Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va “Abrau Capital” kompaniyasi oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:
(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;
(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi va “Abrau Capital” kompaniyasi tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) aniq bir sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;
(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni olib borish/tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.