Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Noyabr 2024

“Neftgazmontaj” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni yuzasidan axborot

Davaktiv agentligining joriy yil 30-sentabrdagi “Neftgazmontaj” MChJning 100% davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi talabgorlarni majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini puxta tayyorlashda Aktivni moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish toʻgʻrisidagi murojaatlariga muvofiq, xususiylashtirish boʻyicha konsultant Mosaic Financial kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Aktivni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2024-yil 29-noyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, Konsultant tomonidan raqobat muhitini taʼminlash maqsadida savdo jarayonlariga yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish ishlari parallel ravishda amalga oshiriladi va Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish davom ettiriladi.

Aktivni xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi avval chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi va "Mosaic Financial"ning Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va "Mosaic Financial" oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi va "Mosaic Financial" tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

3111 Chop etish