409 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 16,1 mlrd so'm bo'lgan 186 ta lot 19,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 5 ta
- boshlang'ich narxi 8,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,5 mlrd so‘m
- Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan "Namangan agrokimyohimoya" AJ balansidagi mehmonxona binosi 6,1 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 12 ta
- boshlang'ich narxi 63,6 mln so‘m
- sotilgan narxi 149 mln so‘m
- Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 5,6 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi oshxona 60 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 135 ta
- boshlang'ich narxi 777 mln so‘m
- sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 9,4 ga
- Xorazm viloyati Shovot tumanidan boshlang‘ich narxi 32,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 7 sotix yеr uchastkasi 399 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 260 mln so‘m
- sotilgan narxi 260 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 603 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,8 trln so'm bo'lgan 145 933 ta lot savdoga qo'yilgan.