Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Oktyabr 2024

11-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

457 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 64,5 mlrd so'm bo'lgan 206 ta lot 70,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 1 ta 
  • boshlang'ich narxi 918 mln so‘m
  • sotilgan narxi 964 mln so‘m 
  • Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 918,2 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy binosi 964,1 mln so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 1 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m 
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m 
  • Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘mlik "O‘ztelekom" AJ balansidagi ma’muriy bino 1,8 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 4 ta 
  • boshlang'ich narxi 66,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 695,1 mln so‘m 
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 46,7 mln so‘m bo‘lgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti balansidagi bino qismi 597,7 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 160 ta 
  • boshlang'ich narxi 60,4 mlrd so‘m 
  • sotilgan narxi 65,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 43 ga
  • Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 615,9 mln so‘m bo‘lgan ofis binolari qurish uchun 1,5 sotix yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi. 
  • Toshkent shahar Yangi hayot  tumanidan boshlang'ich narxi 414,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,5 sotix yеr uchastkasi 787,9 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 4 ta 
  • boshlang'ich narxi 307 mln so‘m 
  • sotilgan narxi 411 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 612 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 16,7 trln so'm bo'lgan 145 529 ta lot savdoga qo'yilgan.

3842 Chop etish