Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Oktyabr 2024

“Uz-Koram Kompani” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni yuzasidan axborot

Davaktiv agentligining joriy yil 17-sentabrdagi “Uz-Koram Kompani” MCHJning 100% davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi eʼlonga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi talabgorlarni majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini puxta tayyorlashda Aktivni moliya-xoʻjalik faoliyati va texnik holatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish toʻgʻrisidagi murojaatlariga muvofiq, xususiylashtirish boʻyicha konsultant Portfolio Investments kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Aktivni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2024 yil 5 noyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Aktivlarni xususiylashtirish jarayonlarining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi avval chop etilgan eʼlonlarning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

5547 Chop etish