Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Noyabr 2024

Xivadagi mehmonxonalar hamda “Invest Group Centre” MChJni ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

1. Davaktiv agentligining joriy yil 30-sentabrdagi “Xiva Plaza” MChJ va “Xiva Lokomotiv” MChJ (keyingi oʻrinlarda – “Aktivlar”) ustav kapitalidagi 100% ulushlarni ochiq savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi ushbu Aktivlarni xususiylashtirish boʻyicha konsultant “RSM” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish, mazkur savdo bosqichida talab etiladigan hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga “Xiva Plaza” MChJ va “Xiva Lokomotiv” MChJlardagi ulushlarni xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024 yil 29-noyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: info@rsm.uz

Aktivlarni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi avvalgi chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

2. Davaktiv agentligining joriy yil 2-oktabrdagi “Invest Group Centre” MChJ (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi ushbu Aktivni xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish, mazkur savdo bosqichida talab etiladigan hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga “Invest Group Centre” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024 yil 29-noyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: munir.yakubov@piamg.uz

Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi avvalgi chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi va Konsultantlarning Aktivlarni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va Konsultantlar oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi va Konsultantlar tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

3558 Chop etish