Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Oktyabr 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori doirasida savdolari tashkil etilgan quyidagi don korxonalaridagi davlat aksiya paketlari jamiyatlarning aksiyadorlariga sotib olish uchun taklif etilgan.

Oʻz navbatida, jamiyatlar aksiyadorlari tomonidan davlat aksiya paketini sotib olish rad etilgan taqdirda, aksiyalar “Toshkent” RFBda birja savdolariga chiqariladi.

Shu bilan birga, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ommaviy savdolarga chiqarilgan “Qiziltepa un zavodi” AJ ustav fondidagi 93,5 foiz va “Jizzax don mahsulotlari” AJ ustav fondidagi 94,4 foiz aksiya paketi boʻyicha savdo jarayonining ikkinchi bosqichi yakunlangan.

Mazkur bosqichda talabgorlarning davlat aktivlarini sotib olish yuzasidan narx takliflari, uni amalga oshirish muddati hamda toʻlovga qobiliyatlik darajasi baholanib, Xususiylashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

  • “Qiziltepa un zavodi” AJ ustav kapitalidagi 93,5 foiz davlat aksiya paketi boʻyicha eng yuqori 17,4 mlrd. soʻm narx taklifini bildirgan “Sherbek Kelajagi” MChJ;
  • “Jizzax don mahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 94,4 foiz davlat aksiya paketi boʻyicha eng yuqori 40,8 mlrd. soʻm narx taklifini bildirgan Xujabekov Shavkat Jumanovich savdo gʻolibi deb topildi.

Shuningdek, xaridorlar don korxonalarini kamida 5 yil davomida asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Davlat aksiya paketi sotib olish uchun jamiyatning boshqa aksiyadorlariga taklif etilgan jamiyatlar

T/R

Don korxonasi nomi

Joylashgan hududi

Taklif etilayotgan aksiya (foizda)

1

"Xorazmdonmahsulotlari" AJ

Xorazm viloyati

92,2

2

"Quva don mahsulotlari" AJ

Fargʻona viloyati

51,0

3

"Xonqa don mahsulotlari" AJ

Xorazm viloyati

67,5

4

"Kogondonmahsulotlari" AJ

Buxoro viloyati

93,0

 

5864 Chop etish