Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Noyabr 2024

14-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

790 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 133,8 mlrd so'm bo'lgan 406 ta lot 191,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 5 ta 
  • boshlang'ich narxi 12,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 21 mlrd so‘m 
  • Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 10,6 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 17,4 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 5 ta 
  • boshlang'ich narxi 8,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,4 mlrd so‘m 
  • Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB balansidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi 1,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 35 ta 
  • boshlang'ich narxi 270,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 859 mln so‘m 
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 50,3 mln so‘m bo‘lgan Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balnasidagi inshoot qismi 221,4 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 179 ta 
  • boshlang'ich narxi 95,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 142,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 19,6 ga 
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan boshlang‘ich narxi 40,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 60 sotix yеr uchastkasi 54,5 mlrd so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 46 ta 
  • boshlang'ich narx 318 mln so'm
  • sotilgan narx 581 mln so'm 
  • yer maydoni 117,8 ga 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 54 ta 
  • boshlang'ich narxi 8,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,5 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Uchtepa tumanidan boshlang'ich narxi 600 mln so‘m bo'lgan ko‘p qavatli turar-joy binosida joylashgan xonadon 742 mln so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 1 241 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 16,1 trln so'm bo'lgan 146 884 ta lot savdoga qo'yilgan. 

944 Chop etish